PlantMap+ Navbar

Grid Mapping of Central Asia Plants

GMOCA

Published by: alam | Date: 2025-11-11 17:21:43 | Clicks: 12

The Atlantic materialidan asosiy gaplar.

Foto: Anna Moneymaker / Getty Images

Donald Tramp ma’muriyati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darishga jiddiy bel bog‘lagan. Allaqachon harbiy bosqin rejasining bir necha variantlari ishlab chiqilgan va hatto Karib dengizida kemalarning katta guruhi to‘plangan. Dastlab Tramp «Venesuela muammosi»ni kelishuv orqali hal qilmoqchi edi – ammo oxir-oqibat davlat kotibi va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Marko Rubio mahkam ushlab olgan qat’iy yo‘nalish ustun keldi, deb yozadi The Atlantic.

2025 yil yanvarida AQSh prezidenti lavozimiga qaytgan Donald Tramp diplomat Richard Grenellni o‘zining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi etib tayinlagan va tez orada uni Venesuelaga jo‘natgandi. Tramp mahalliy muxolifatchi Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan olgan, Venesuela rahbari Nikolas Maduro esa bunga javoban munosabatlar uzilishini e’lon qilgan 2019 yildan beri AQSh ushbu davlat bilan rasman diplomatik aloqalarga ega emas.